AQSh Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun 250 mln dollar ajratdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun 250 million dollar miqdorida mablag‘ ajratish nazarda tutilgan byudjyet qonun loyihasini imzoladi. Bu haqda RIA «Novosti» Ukrainaning AQShdagi elchixonasi matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Qo‘shma Shtatlar yetakchisi tomonidan imzolangan byudjyet mudofaa, ta'lim, ijtimoiy va tibbiy ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. 2019-moliyaviy yil uchun mablag‘ ajratishning jami hajmi 850 mlrd dollardan ortiqni tashkil etadi, shu bilan birga, ulardan 675 mlrd dollari mudofaaga mo‘ljallangan.
«AQSh prezidenti Donald Tramp Kongress tomonidan avval qabul qilingan - «2019 yilga Mudofaa vazirligi ehtiyojlari uchun ajratiluvchi mablag‘lar to‘g‘risidagi qonun»ni imzoladi. Unga ko‘ra, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash maqsadida 250 million dollar ajratiladi», - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek, elchixonadan ta'kidlashlaricha, 2018 yil bilan taqqoslaganda Pentagonning moliyaviy yordam hajmi 50 million dollarga oshdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko AQShning ko‘magi Rossiyani tiyib turishda yordam berayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
09:22
Ukrainalik faollar yana Navalnayaning nutqini to‘xtatishga urindi
07:56
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
21:13 / 12.11.2024