Uruş oqibatida Ukraina global surrogatlik markaziga aylanib qoldi. Klinikalar kambağal va noçor ayollarni nişonga olib, tinimsiz bu orqali pul işlaşni reklama qilmoqda. Ukraina parlamenti esa surrogatlikni çeklaş maqsadida qonunni muhokamaga qöydi.
Qirğinbarot uruş faqat davlat armiyasi yoki mudofaa institutlari uçun qizil çiroqning yonişi emasdi, butun boşli sivilizatsiyani ortga tortdi.
Rossiya boşlagan uruşning törtinçi yili davom etarkan, ukrainaliklar oğir şaroitlar, kundalik turmuşning qiyinçiliklaridan aziyat çekmoqda. Ukraina bugun global surrogatlik markaziga ham aylanib qoldi, ya’ni ukrainalik ayollar boşqalar farzand körişi uçun tanasini ijaraga bermoqda. Davlat parlamenti esa endi buni qonunan çeklaşga harakat qilyapti.
Uruş millionlab odamlarning iş örinlari va bizneslar yöqotilişiga, inflatsiyaning oşişiga hamda Ukraina yalpi içki mahsulotining keskin pasayişiga olib keldi. Bu esa aholining kundalik turmuş tarziga öta qattiq ta’sir ötkazmoqda.
BBC naşri e’lon qilgan materialda kelişiça, ukrainalik ayollar agar uruş bölmaganida heç qaçon surrogatlikka rozi bölmasliklarini aytişgan.
Şarqiy Ukrainadan bölgan 22 yoşli ayol - Karina bugun surrogat ona, xitoylik juftlikning embrioni bilan homilador. 17 yoşida Karinaning uyi vayron bölgan, çunki u yaşagan şahar Baxmut Rossiyaning keng kölamli bosqini birinçi bosqiçida şiddatli jang maydonlaridan biriga aylangandi.
Şaharning katta qismi vayronaga aylangaç, Karina va uning turmuş örtoği Kiyevga köçib ötişadi. Lekin iş topişga qiynalişadi, kunlik xarajatlarni qoplaş uçun imkon topa olişmaydi. Yoş oilaning yoş çaqaloği bölgani sabab Karina tijoriy surogatlikka rozi böladi. Uning aytişiça, agar uruş bölmaganida, u heç qaçon surrogat ona bölişni tanlamasdi.
BBSʼning yozişiça, ayol surrogatlik uçun 17 ming AQŞ dollari işlab topadi. Bu Ukrainadagi örtaça iş haqidan taxminan ikki baravarga köp, lekin pulning katta qismi tuğuruqdan keyin beriladi.
Ma’lum bölişiça, agar farzand egizak bölsa, xizmat narxi 21 ming dollargaça çiqadi. Masalan, 22 yoşli Karina endi köproq surrogatlik qilib, uy olişni reja qilmoqda.
Uruşdan avval ham Ukrainada bu narsa keng tarqalgan edi. Biroq endi mamlakat parlamenti alohida hujjat bilan surrogatlikni çeklamoqçi. Bu taklifni esa parlament a’zolari keng qöllab-quvvatlagan.
Qonun loyihasi reproduktivlikni tovarga aylantirişda va kambağal, himoyasiz ayollarni ekspluatatsiya qilişda ayblangan bu sohani yanada qattiqroq tartibga solişga qaratilgan. Hujjatni işlab çiqqanlar şuningdek, uruş tufayli tuğiliş darajasi keskin pasaygan bir paytda, ukrainalik ayollar çet elliklar uçun surrogat çaqaloqlarni tuğdirmasliklari kerakligini ta’kidlamoqda.
Ayollar huquqlari faoli Mariya Dmitriyevaga köra, qonun uzoqqa bormaydi, surrogatlikni çeklay bilmaydi.
"Uruş tufayli umidsiz ayollar soni ortib bormoqda va klinikalar ularga bu imkoniyatni taqdim etyapti, çunki ğarblik juftliklar çaqaloqlarni arzon narxlarda sotib olişni xohlaşadi. Surrogatlik axloqiy asoslarga töğri kelmaydi, qonun esa uzoqqa bormaydi”, - deydi u.
Ma’lum bölişiça, bu davlatda klinikalar yaxşi daromad oliş mumkinligini reklama qilib, aynan kambağal va noçor ahvolda qolgan ayollarni nişonga olmoqda. Masalan, bunday reklamalardan birida ayollarning peçkasiga ötin olişi yoki bolalari uçun issiq kiyim olişi örtasidagi tanlov tasvirlangan.
Eng yirik surrogatlik klinikalaridan biri - BioTexCom inson reproduksiya markazi faoliyati davomida hattoki qora juma aksiyalarini ham e’lon qilgan.
Biroq bu işi uçun klinika jiddiy tanqidlarga uçragan. 2018 yilda ham klinika boşqaruvçilari odam savdosi jinoyati bilan gumonlanib, ular ustidan tergov boşlangan edi.
Kompaniya ayblovlarni rad etgan. Boşqaruvçilar odamlarga ota-ona böliş orzularini röyobga çiqarişga yordam berayotganini, ayollarga esa qonuniy yöl bilan pul işlaş imkoni tuğilganini aytgan.
Biroq surrogatlik bilan tuğilgan bolalardan voz keçiş holatlari ham tez-tez uçraydi. BBCʼning yozişiça, hozir beş yoşga tölgan, 2021 yilda muddatidan avval miyasida şikastlaniş bilan tuğilgan Vey ismli bolakay Kiyevdagi nogironlar uyida yaşaydi. Uning bunday tuğilganidan xabar topgan janubi-şarqiy osiyolik ota-onasi undan voz keçişga qaror qilgan. Uning surrogat onasi ham bolani xohlamagaç, tuğilgan çaqaloq nogironlar uyida qolib ketgan.
Qonunga özgartiriş kiritişni qöllab-quvvatlayotganlardan biri bölgan Ukraina Soğliqni saqlaş vazirligidan Valeriya Soruçanning aytişiça, surrogatlik orqali tuğilgan bolalarning «köpi» taşlab ketilmoqda, ammo hukumat bu borada aniq raqamlarni saqlamaydi.
Vazirlik vakili prinsipial jihatdan surrogatlikka qarşi emas, lekin soha tartibga solinmaganidan norozi. Davlat xodimi çet elliklarning bu maqsad bilan Ukrainaga kelişini taqiqlaş tarafdori.
Qonun loyihasi hozir parlamentda muhokamada, aksariyat qonunçilar buni qöllasa-da, qabul qiliniş-qilinmasligi dargumon.











