Jamiyat | 15:50 / 29.09.2018
24699
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik ayolga qarzlari tufayli O‘zbekistondagi to‘yga borishga ruxsat berilmadi, to‘y bekor qilinishiga bir baxya qoldi

O‘zbekistonlik kelin kuyovning onasi Rossiyadan chiqib keta olmagani tufayli to‘yni bekor qilishiga bir baxya qoldi. Sud ijrochilari Velikiy Novgorodda yashovchi ayolga soliq to‘lovlari bo‘yicha 100 ming rubl (1,5 ming dollardan ko‘proq) miqdordagi qarzdorlik tufayli RF hududini tark etishni taqiqlab qo‘yishdi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.

«Sud ijrochilari qarzdor fuqaroning manziliga bir necha marta borishdi, uning avtomobili qidiruvga berildi, ammo fuqaro yashirinib kelishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, oxir-oqibat uning o‘zi xizmat xodimlarining bo‘limiga keldi, sababi o‘g‘lining to‘yiga bora olmasligi haqida bilib qolgan», - deya ma'lum qilishgan Sud ijrochilari federal xizmatining Velikiy Novgoroddagi boshqarmasi matbuot xizmatidan.

Cheklovga qaramay, ayol qarzlarini to‘lashga baribir shoshilmagan. To‘y sanasi yaqinlashganda ayol to‘lovlarni to‘lashdan boshqa iloji yo‘q ekanini tushunib yetdi.

O‘zbekistonga yo‘l olishidan avval o‘g‘li bilan birga sud ijrochilari bo‘limiga kelib, nafaqat qarzdorlikni, balki ijro yig‘imini ham to‘lab berdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid