O‘zbekiston | 21:36 / 30.09.2018
8372
1 daqiqa o‘qiladi

Dizayner va sayohatchi Artemiy Lebedev O‘zbekistonga kelmoqda

Foto: TASS

Rossiyalik taniqli dizayner, sayohatchi, ishbilarmon Artemiy Lebedev O‘zbekistonga kelmoqda.

U o‘zining Telegram-kanalida bu haqida xabar yozib qoldirgan.

«Ish yuzasidan va etnografik tashrif bilan O‘zbekistonga otlanmoqdaman. Sayohat dasturimda Toshkent, Urganch va Xiva bor. Restoranlar, kafe-barlar, mehmonxonalar, e'tiborga molik osori atiqalar va hokazolar borasida takliflarni qabul qilishga tayyorman», deb yozgan u o‘z kanalida.

Eslatib o‘tamiz, u «Artemiy Lebedev studiyasi» asoschisi, hammuassisi va bosh direktori ham hisoblanadi. Shuningdek, «A-kvadrat», «Artografika» studiyalari asoschisi hamdir. «Reklama.Ru» internet reklama agentligi asoschisi.

Artyom Lebedev 2002 yilda ham Toshkentga kelgan va bu tashrifni o‘z blogida yoritgan.

Shuningdek, u BMTga a'zo barcha 193 davlatga borib chiqqani bilan ham mashhur.

Mavzuga oid