Rossiyalik dizayner Artemiy Lebedev o‘zining blogida sayyoramizning barcha davlatlariga tashrif buyurganini ma'lum qildi.

“Men tashrif buyurgan so‘nggi davlat Saudiya Arabistoni bo‘ldi. Bu davlatga borish uchun 5 yil harakat qildim”, deb aytdi Lebedev.

Lebedev o‘z vaqtida Turkmanistonga borish uchun 7 yil harakat qilgan va bu bloger uchun o‘ziga xos antirekord hisoblanadi.

Blogerning aytishicha, u barcha davlatlar deb BMTga a'zo 193 davlatni nazarda tutmoqda. Lebedevning ta'kidlashicha, u bunday natijaga Sobiq ittifoqda yashagan odamlardan birinchi bo‘lib erishdi.