Jahon | 14:20 / 30.09.2018
12807
2 daqiqa o‘qiladi

Serbiya Kosovo sababli armiyasini jangovar shay holatga keltirdi

Foto: TASS

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich mamlakat qurolli kuchlarini yuqori jangovar shay holatga keltirishni buyurdi. Bunday qarorga Kosovo maxsus kuchlarining harakatlari sabab bo‘lgan.  

Shuningdek, Serbiya ichki ishlar vazirligining maxsus va alohida bo‘linmalari shay holatga keltirilgan.  

Mojaroga o‘z mustaqilligini e'lon qilgan Kosovo ichki ishlar vazirligi maxsus bo‘linmasining 60 ga yaqin jangchisi “Gazivode” gidroelektr stansiyasi akkumulyatsion ko‘li yaqinida pozitsiyalarni egallab, o‘lkaning shimoliy qismidagi ekologiya va sport markaziga kirib borgani sabab bo‘lgan.

“Gazivode” Belgrad tomonidan nazorat qilinadi. Vuchichning aytishicha, Serbiya hukumatining stansiya infratuzilmasi hamda GES obektlari va ko‘l to‘g‘onini saqlashga xarajatlari 2 mln yevroni tashkil qilgan. 

Vaziyat Yevropa Ittifoqi tomonidan e'tiborsiz qoldirilmagan.

1999 yilda Kosovoni ozod etish armiyasining albaniyalik ayirmachilari va Serbiya politsiyasi o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuv o‘sha vaqtda Serbiya va Chernogoriyadan tashkil topgan Yugslaviyaning NATO aviatsiyasi tomonidan bombardimon qilinishiga olib kelgan. 2004 yilda kosovolik albanlar serb aholisining o‘lkadan ommaviy ko‘chib ketishiga olib kelgan qirg‘inlar uyushtirishgan. 

2008 yilda Prishtinadagi kosovo-alban tuzilmalari bir tomonlama tartibda Serbiyadan mustaqillikni e'lon qilishgan. O‘z mustaqilligini tan olgan respublikani Rossiya, Serbiya, Isroil, Ispaniya, Xitoy, Eron va boshqa bir qator davlatlar tan olmaydi.

Mavzuga oid