Turkmaniston prezidenti 2019 yilni tinchlik va o‘zaro ishonch belgisi ostida o‘tkazishni taklif qildi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov BMT Bosh assambleyasi 73-sessiyasidagi nutqida 2019 yilni tinchlik va o‘zaro ishonch belgisi ostida o‘tkazishni taklif qildi.
Berdimuhamedov o‘z nutqida Bosh assambleyaning joriy sessiyasi xalqaro siyosatdagi murakkab tendensiyalar ortida o‘tayotganini aytgan.
Uning fikricha, BMT o‘zaro hurmat, tenghuquqlik, tinch, siyosiy muloqot tamoyillariga asoslangan xalqaro tartib asoslarini saqlab qolishda bosh va muhim rolni o‘ynaydi hamda BMTning bu missiyasining haqqoniyligi shubha ostiga qo‘yilishi mumkin emas.
Berdimuhamedovning aytishicha, joriy sessiya o‘zaro ishonchdagi inqirozni yengib o‘tish va davlatlar o‘rtasida hamfikrlikni mustahkamlashga chorlangan.
“Shu munosabat bilan Turkmaniston 2019 yilni tinchlik va o‘zaro ishonch belgisi ostida o‘tkazishni taklif qiladi. Tashabbusimiz taranglikni kamaytirishga, bahslar va ziddiyatlarni tinch, siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan aniq choralar ishlab chiqishni, mas'uliyatli va puxta o‘ylangan qarorlar qabul qilinishini ko‘zda tutadi”, deb aytgan Turkmaniston rahbari.
Berdimuhamedov, shuningdek, Kaspiy bo‘yicha iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishga chaqirdi.
Uning ta'kidlashicha, joriy yilning 12 avgustida Kaspiybo‘yi davlatlari rahbarlari tomonidan imzolangan Kaspiy dengizining huquqiy maqomi haqidagi konvensiya Kaspiybo‘yi hududini xalqaro ahamiyatdagi strategik transport-tranzit va energetik bo‘g‘inlardan biri, keng investitsiyaviy, savdo, iqtisodiy faoliyat va kooperatsiya joyiga aylantirish istiqbolini ochadi.
“Turkmaniston barcha manfaatdor tomonlar bilan bu sohadagi loyihalarni batafsil muhokama qilishga tayyor. Kaspiyda yangi loyihalarni amalga oshirish – bu kelajakka investitsiyadir”, deb ta'kidlab o‘tgan Turkmaniston rahbari.
Konventsiya Rossiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Turkmaniston va Eron yetakchilari uchrashuvi natijalariga ko‘ra imzolangan. U bo‘yicha ish 22 yil davomida olib borilgan. Hujjat dengiz ostidan suv osti quvurlari o‘tkazishni ko‘zda tutadi va bu loyiha ekologik xavfsizlik me'yorlariga to‘g‘ri kelishi lozim.
Mavzuga oid
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
14:10 / 05.11.2024
BMT: RF va KXDR o‘rtasidagi hamkorlik «xavfli eskalatsiya»ga olib keladi
13:50 / 05.11.2024