Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh banklariga kiberhujumlar soni keskin oshdi
Foto: REUTERS
AQShda ba'zi yirik banklar so‘nggi paytlarda kompyuter tizimlariga nisbatan kiberhujumlarning soni oshganligi haqida xabar berdi. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.
Nashrning manbalari so‘zlariga ko‘ra, xakerlar harakati Bank of America, Wells Fargo, JPMorgan Chase va Citigroup kabi moliyaviy muassasalar faoliyatiga tegishli bo‘ldi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, kiberhujumlar «firmalarning kompyuter tarmoqlarida zaifliklarni» aniqlashi kerak edi.
Aniqlik kiritilishicha, bunday ma'lumotlarni qo‘lga kiritish bozordagi vaziyat beqarorlashishiga olib kelishi mumkin. Ro‘y bergan hodisalar sababli, hukumat banklarga xakerlarning kompyuter tizimlariga kirib borishiga yo‘l bermaydigan xavfsizlik choralarini ko‘rish haqida maslahat bilan chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan ishlab chiqilgan yangi kiberqurol haqida ma'lumot bergandi.
Mavzuga oid
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
22:43 / 30.01.2026
BMT «muqarrar moliyaviy inqiroz» xavfi ostida ekani ma’lum bo‘ldi
16:08 / 30.01.2026
Tramp Putin kuchli sovuq tufayli Kiyevga zarbalarni to‘xtatib turishini aytdi
15:32 / 30.01.2026