Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In Janubiy Koreya prezidentiga kamyob itlar sovg‘a qildi
Foto: Reuters
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In janubiy koreyalik hamkasbi Mun Chje Inga kam uchrovchi pxunsan zotidagi ikkita itni sovg‘a qildi. Bu ularning sentabr o‘rtasida Pxenyanda o‘tgan uchrashuvida yuz bergan. Biroq itlar sinchkov tekshiruvdan o‘tkazilgachgina ikki davlat o‘rtasidagi qurolsizlashtirilgan hududdan o‘tkazilib, Janubiy Koreyaga 27 sentabrdagina yetkazilgan.
Pxunsan Shimoliy Koreyada olingan it zoti bo‘lib, deyarli mamlakat tashqarisida tarqalmagan. U mamlakatning shimoliy hududlaridan biri nomiga atalgan. Bu zotdagi itlar yirik yirtqichlar, hattoki yo‘lbarslarga ov qila olishi bilan ma'lum.
Mun Chje Inda u prezident lavozimiga kirishishidan 2 oy oldin priyutdan olingan Tori laqabli bir it bor.
Reuters axborot agentligining ta'kidlashicha, Kim Chen Inning ushbu sovg‘asi bir vaqtlar o‘zaro urushgan davlatlar o‘rtasida munosabatlarning yaxshilanayotganidan yana bir darakdir. 2000 yilda shunday ikkita itni ikki davlat o‘rtasidagi ilk sammitdan keyin Kim Chen Inning otasi Kim Chen Ir Janubiy Koreya prezidentiga sovg‘a qilgan.
Mavzuga oid
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
21:08 / 04.11.2025
KXDR sobiq rasmiy rahbari Kim Yon Nam 97 yoshida vafot etdi
18:04 / 03.11.2025