Jamiyat | 22:53 / 01.10.2018
5324
5 daqiqa o‘qiladi

KNAUF kompaniyasi tomonidan ekologik aksiya o‘tkazildi

2018 yilning 28-29 sentabr kunlari KNAUF kompaniyasi Buxoro viloyatida chiqindi uchun mo‘ljallangan konteynerlarni o‘rnatish bo‘yicha ekologik aksiya o‘tkazdi. Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asaridagi mashhur ibora ushbu tadbir shioriga aylandi: “Ertalab turding, yuvinding, o‘zingni tartibga keltirdingmi – sayyorangni ham darrov tartibga sol”.

Konteynerlar dizayni shu yerning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda bajarilgan. Konstruktsiyalar beton poydevorga mustahkam mahkamlangan bo‘lib, bu ularning maksimal turg‘unligini ta'minlaydi. Har bir konteyner chiqindilar ajratilgan holda, ya'ni maishiy chiqindi alohida, plastik va shisha alohida hamda makulatura alohida tashlanadigan uchta yorqin rangdagi bo‘lmadan iborat.

Chiqindilarni shu tarzda saralash Yer sayyorasidagi ekologik vaziyatni yaxshilashning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Jamiyatda farovonlik oshishi bilan iste'mol ko‘lami ham ortadi, bu esa generatsiyalanadigan chiqindilar miqdoriga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Tashlangan va qayta ishlanmagan chiqindilar tuproq, suv va o‘simliklarni zaharlagan holda katta yer maydonlarini chiqindixonaga aylantiradi. Materiallarning ko‘pchiligi deyarli parchalanmaydi, yoqib yuborilganida esa o‘zidan havoni zaharlaydigan zararli gazlarni ajratadi. Chiqindilar saralanganida ular to‘planib qolmaydi va ekologik vaziyatni yomonlashtirmaydi. Bundan tashqari, qayta ishlanadigan chiqindilar mato, qog‘oz va shisha ishlab chiqarishida qo‘llanadi, bu o‘z navbatida, tabiiy resurslarni tejash imkonini beradi.

Chiqindi konteynerlaridan foydalanish juda oson, shunchaki umumiy qabul qilingan saralash qoidalariga amal qilish kerak, xolos.

Ko‘k rangli bo‘lma makulatura, toza qog‘oz (karton, gazeta, jurnal, daftar, otkritkalar) uchun mo‘ljallangan. Qayta ishlash uchun material quruq bo‘lishi juda muhim, shu bois oziq-ovqat mahsulotlari uchun mo‘ljallangan idishlarni (masalan, sut mahsulotlari va sharbatlarning tetra-pak o‘ramlari) va boshqa ifloslangan qog‘ozlarni bu bo‘lmaga tashlash mumkin emas.

Yashil rangli bo‘lma plastik va shisha idishlarni, stakanlar, polietilen paketlar, kosmetika vositalarining idishlari va shunga o‘xshash materiallardan tayyorlangan boshqa o‘ramlarni utilizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan.

Zarg‘aldoq rangli bo‘lma maishiy chiqindilar va qayta ishlanmaydigan boshqa chiqindilar uchun mo‘ljallangan.

«KNAUF uchun O‘zbekiston — bu sotish bozori emas, balki biz yashaydigan va mehnat qiladigan haqiqiy uydir. Zamonaviy texnologiyalar tufayli KNAUF korxonasi ushbu mintaqaning ekologik holatiga zarar yetkazmaydi. Biz har yili zavodga tutash hududda mahalliy iqlimga moslashtirilgan daraxtlarni ekamiz hamda «Jayron» ekomarkaziga moddiy yordam ko‘rsatamiz. Konteynerlarni o‘rnatish – atrof-muhitni asrashni ko‘zda tutuvchi yana bir muhim va kerakli loyihadir. KNAUF kompaniyasi ilgari ham korxonaga aloqasi bo‘lmagan yo‘l atrofidagi hududni tozalash ishlari bilan shug‘ullangan, biroq ijobiy o‘zgarishlar faqat vaqtinchalik samara bergan, xolos. Chiqindi konteynerlarining yo‘qligi ko‘pchilik haydovchilar, dasht landshaftini ifloslantirgan holda, chiqindini mashina oynasidan tashlab yuborishiga olib kelardi. Bizning tashabbusimizni umumiy kelajagimizga loqayd bo‘lmagan mas'ul xizmatlar va ishbilarmonlar davom ettirishini istardik», — deydi O‘zbekistondagi KNAUF korxonasining bosh direktori Dmitriy Deripalko.

Shu o‘rinda, konteynerlar xabardorlik va xavfsizlikni ta'minlaydigan yorug‘lik qaytaruvchi nakleykalar bilan jihozlanganini aytish joiz. Har bir konstruksiyagacha bo‘lgan 100 metr masofada yo‘l ko‘rsatkichi o‘rnatilgan.

KNAUF kompaniyasi haqida:

KNAUF – xalqaro kompaniya bo‘lib, oilaviy biznes tamoyillariga asosan tashkil qilingan. Bugungi kunda KNAUF xalqaro guruhi qurilish mollarini ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. 1993 yili KNAUF o‘z investitsion faoliyatini Rossiyada boshladi, keyinchalik Ukraina, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarboyjon va Gruziyada korxonalar sotib olindi va tashkil qilindi.

Mavzuga oid