KNAUF O‘zbekistonga yangi investitsiyalar haqida ma'lum qildi
Joriy yilning 16 may kuni Buxoro viloyatida KNAUF-listlar ishlab chiqarish bo‘yicha KNAUF liniyasining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi, bundan avval KNAUF Gips Buxoro majmuasida katta hajmdagi rekonstruksiya ishlari olib borildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov, KNAUF Manfred Grundke xalqaro guruhining boshqaruvchi hamkori Manfred Grundke, Germaniya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Gyunter Overfeld ishtirok etdi.
M.Grundkening o‘z chiqishida aytishicha, rekonstruksiyadan so‘ng gipsokarton KNAUF-listlarni ishlab chiqarish hajmi 30 mln kv.m.dan ortiqni tashkil etadi, ishlab chiqarish liniyasini kengaytirishga investitsiyalar esa 22 mln AQSh dollariga yetadi. Bu summaning to‘rtdan bir qismi KNAUF kompaniyasining bu loyihadagi hamkori Germaniya rivojlanish bo‘yicha jamiyati tomonidan yo‘naltirildi.
KNAUF O‘zbekiston o‘z texnologiyalari va nou-xauni olib keldi, bu mamlakatda eng yuqori sifatdagi qurilish materiallari ishlab chiqarish imkonini berdi. Buxoro viloyatida ishlab chiqarilgan qurilish materiallari mamlakat iqtisodiyoti raqobatbardoshligi va eksport salohiyatini oshiradi. M.Grundke nemis-o‘zbek iqtisodiy kengashi hamraisi sifatida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi.
Buxoro viloyatida KNAUF ishlab chiqarish rivojining keyingi bosqichi yakunlangach, sarmoyalar hajmi 100 mln dollarga yetadi. Yangi ishlab chiqarish liniyasi «KNAUF GIPS BUXORO» hududida quriladi.
Mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov o‘z chiqishida zavodning ochilishida ishtirok etgan kompaniya egalaridan biri Nikolaus Knaufga Buxoro zavodi texnologik jihozlanish va ishlab chiqarish sifati bo‘yicha Germaniyadagi KNAUF korxonasidan qolishmasligi uchun minnatdorlik bildirdi. Aripov KNAUF kompaniyasini respublikaning boshqa mintaqalarida ham ishlab chiqarishni boshlashga taklif qilib, yangi loyihalar hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi.
Mavzuga oid
19:05 / 26.11.2024
Namanganda flyuorit toshini qayta ishlash yo‘lga qo‘yilishi mumkin
11:45 / 26.11.2024
Xitoy Buxoroda oqova suvlarni qayta ishlash loyihasini amalga oshirmoqchi
10:15 / 23.11.2024
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi tushib bormoqda
21:33 / 22.11.2024