Ilk bor kasb bayramini nishonlash qurilish sohasidan tashqariga chiqdi va tasviriy san'atning yorqin elementlarini o‘z ichiga oldi. Poytaxtda Qurilish sohasi xodimlarining kuni sharafiga ta'mirlash va san'atning sintezi qanchalik esda qolarli hamda betakror bo‘lishini namoyon qilishga qaratilgan ulkan loyiha amalga oshirildi. Viloyatlarda esa bayram tadbirlari butun hafta 6 avgustdan 12 avgustgacha davom etdi.

KNAUF kompaniyasi mana ikkinchi yildirki O‘zbekiston aholisi uchun keng ko‘lamli bayram tadbirlarini tashkil etib kelmoqda. Poytaxtdagi tadbirlarining asosiy qismi Toshkentdagi bog‘larda o‘tkazildi. Bolalar ishtiyoq bilan ijodiy mahorat darslarida o‘zlari yasagan narsalarini bo‘yadilar, kattalar esa gipskartonni to‘g‘ri mahkamlashni o‘rganib oldilar.

Foto: KNAUF

— Avvaliga biz bog‘lardagi tadbirlarini 20:00da yakunlashni rejalashtirgan edik, ammo aholiga bu kabi mashg‘ulotlar shu qadar manzur keldiki, natijada Central Parkdagi tadbirni 21:30gacha uzaytirdik. Shunisi e'tiborliki, shurupovyort bilan ishlashda qizlar ayniqsa faol bo‘ldilar. Natijada devorlar nafaqat gipskartondan tuzilgan so‘zlar, balki manzarali elementlarga ham ega bo‘ldi, — deydi «KNAUF GIPS BUXORO» MChJ XK reklama bo‘yicha yetakchi menejyeri Hilola Yakupova.

Foto: KNAUF

Savdo-ko‘ngil ochar markazlarda KNAUF kompaniyasi katta muvaffaqiyat bilan «San'at darajasidagi ta'mirlash» nomli g‘aroyib aksiyasini o‘tkazdi. Mark Vaylning «Ilhom» teatri aktyorlari Yan Dobrinin, Yuliya Plakida va Svetlana Nazrullayevalar rassom Nadejda Riksiyeva jamoasi bilan birgalikda taniqli rassom Bobur Ismoilovning sharq durdona asarlarini hayotda aks ettira oldilar. Savdo markazlariga tashrif buyurganlar o‘zlarini musavvirning «Profil» (Next SKM), «Xayolparast» (Samarqand Darvoza SKM) va «Akvarium» (Parus SKM) kabi ishlarining bir qismi sifatida his etish imkoniga ega bo‘ldilar.

Foto: KNAUF

Jonli installyatsiyalar KNAUF jamoasining ishini shaxsan ko‘rishga tashrif buyurgan Bobur Ismoilovning yuqori bahosiga sazovor bo‘ldi.