Yaponiya hukumatining yangi tarkibi e'lon qilindi
Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga hukumatning yangi tarkibini e'lon qildi. Bu haqda NHK telekanali xabar bermoqda.
Avvalroq, Yaponiyaning qayta saylangan bosh vaziri Sindzo Abe hukumatning iste'fosini qabul qilgani ma'lum bo‘lgandi.
Avvaldan taxmin qilinganidek, vazirlar mahkamasida 18 o‘rindan 12tasini yangi amaldorlar egalladi. Shu bilan birga, Abe asosiy vazirlarni, jumladan, Suguning o‘zini ishda qoldirdi.
Shuningdek, bosh vazir o‘rinbosari va moliya vaziri Taro Aso, tashqi ishlar vaziri Taro Kono hamda iqtisodiyot, sanoat va savdo vaziri lavozimlarida ishlaydigan Xirosige Seko o‘z pozitsiyalarini saqlab qolishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya hukumati iste'foga chiqqandi. Yaponiya hukumati to‘liq tarkibda yangi saylangan bosh vazir Sindzo Abe o‘zgarishlarni amalga oshirishi uchun iste'foga chiqqani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:55 / 11.11.2024
Yaponiyada Ishiba hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi
17:59 / 11.11.2024
Yaponiyaning asosiy meteorologik sun’iy yo‘ldoshi ishdan chiqdi
23:27 / 10.11.2024
Yaponiya Harbiy-dengiz kuchlariga tegishli kemada yong‘in chiqdi
20:03 / 08.11.2024