Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq parlamentida prezident nomzodini tasdiqlash uchun deputatlar kamlik qildi
Foto: Globallookpress
Iroq parlamenti yig‘ilishida deputatlar yetarlicha sonda bo‘lmagani sababli mamlakat prezidenti lavozimiga nomzod bo‘yicha ovoz berila olinmadi. Bu haqda “Rudau” kurd telekanali ma'lum qilgan.
Ma'lum qilinishicha, parlamentda ovoz berish dastlab 3 oktabrga belgilangan bo‘lgan. Ovoz berish prezident lavozimiga nomzod bir yig‘ilish davomida tasdiqlana olinmasa, deputatlarda 3 oktabrgacha vaqt bo‘lishi uchun ikki kun oldinga – 1 oktabrga ko‘chirilgan.
Bu lavozimga Kurdiston demokratik partiyasi vakili Fuad Husayn va Kurdiston vatanparvarlik ittifoqi vakili Barhom Solih da'vogarlik qilmoqda.
Agar deputatlar bir qarorga kela olmasalar, unda ularga nomzodlardan biriga ovoz berish imkoniyati beriladi. Shundan keyin g‘olib nomzodi Iroq parlamentiga umumiy ovoz berish uchun qo‘yiladi. Amaldagi qoidalarga ko‘ra, Iroq prezidenti kurdlar, parlament spikeri sunniylar, bosh vazir esa shialar orasidan tanlanadi.
Mavzuga oid
18:39 / 19.01.2026
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish jarayonini yakunladi
15:59 / 16.01.2026
“Boj to‘lovlari yuqori bo‘lmaydi” – O‘zbek-Iroq biznes forumida nimalar muhokama qilindi?
12:34 / 15.01.2026
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Iroqqa eksport qilinadi
18:10 / 14.01.2026