«Shaytanat»ning to‘liq to‘plami nashrdan chiqdi
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyotida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning 5ta kitobdan iborat «Shaytanat» kitobi to‘liq nashrdan chiqdi.
Tohir Malikning «Shaytanat» olami haqida hikoya qiluvchi asari ko‘p yillardan buyon o‘quvchilar e'tirofiga sazovor bo‘lib kelmoqda.
Bu galgi tugal va mukammal nashrda besh qismli kitobning har bir qismi alohida nom ostida taqdim etilgan, asarning o‘zi esa yaxlit, mazmunan va mantiqan yakun topgan ko‘rinishda, barcha tuzatishlar va o‘zgartirishlar kiritilgan holda chop etildi.
Dolg‘ali zamon, adolatsiz jamiyat, og‘ir ijtimoiy muhit tufayli boshiga hayotning turli sinovlari, ayanchli ko‘rguliklari tinimsiz yog‘ilsa-da, insoniy fazilatlaridan batamom mosuvo bo‘lmagan, qalbida or-nomusni saqlab qolgani bilan kitobxonlarning sevimli qahramoniga aylanib ulgurgan Asadbekning hayotida sodir bo‘ladigan voqea va hodisalar mana shu besh qismlik to‘plamda o‘z nihoyasiga yetadi.
Qahramonlarning shaxsiyati va ularning turmush tarzi, xarakter xususiyati, ijtimoiy turmush tarzi bilan bog‘liq keskin va shu bilan bir qatorda kitobxonlar uchun qiziqarli bo‘lgan voqeliklar rivoji o‘tkir syujyetli «Shaytanat» asarining asosini tashkil etadi.
«Shaytanat» to‘plamining birinchi qismi «Qasos», ikkinchi qismi «Non bergan jon olmaydi», uchinchi qismi «Semirgan chumoli», to‘rtinchi qismi «Oqqush qo‘shig‘i», beshinchi qismi «Azozil do‘koni» deb nomlandi. Qismlarning har biri alohida nomlangani va har bir qism alohida kitob sifatida nashr etilgani ham kitobxonlar uchun ayni muddaodir.
Ushbu to‘plamdan o‘rin olgan kitoblar bejirim muqovalar va ichki illyustratsiyalar bilan ziynatlangani, sovg‘abopligi bilan ham avvalgi nashrlardan ajralib turadi.
Ushbu nashr barcha kitobxonlar, xususan teran mazmunli detektiv ishqibozlari uchun munosib tuhfa bo‘lishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Britaniyaning Chagos arxipelagini Mavrikiyga topshirish to‘g‘risidagi qarorini tasdiqladi
Jahon | 03:59
-
Islandiyada harakatga kelgan vulqon sabab aholi evakuatsiya qilinmoqda
Jahon | 00:13
-
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
Jahon | 23:24 / 01.04.2025
-
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi
Fan-texnika | 23:16 / 01.04.2025
Mavzuga oid

20:47 / 12.06.2020
“Shaytanat” qahramonlari ovozlaridan zig‘ir osh reklamasida foydalangan tadbirkor javobgarlikka tortilgani ma'lum qilindi

22:27 / 15.04.2020
Yodgor Sa'diyev «Shaytanat»ning yakuniy qismi nega namoyish etilmaganiga izoh berdi

19:53 / 23.03.2020
«Shaytanat» seriali teleekranga qaytmoqda

09:00 / 18.05.2019