Şavkat Mirziyoyev va hukumat a'zolari Tohir Malik vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirdi. Uning matni ÖzA tomonidan e'lon qilindi.
Özbek adabiyoti va madaniyati oğir judolikka uçradi.
Özbekiston xalq yozuvçisi, taniqli publitsist va tarjimon Tohir Malik – Tohir Abdumalikoviç Hobilov 2019 yil 16 may kuni oğir xastalikdan söng 73 yoşida vafot etdi.
Tohir Malik 1946 yil 27 dekabrda Toşkent şahrida ziyoli oilasida tuğildi. Örta maktabni tugatganidan söng Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti)da tahsil oldi.
Bölğusi adib öz mehnat faoliyatini Toşkent quriliş-montaj boşqarmasida oddiy ğişt teruvçi sifatida boşladi. Badiiy ijodga, söz san'atiga bölgan kuçli intilişi tufayli keyinçalik yurtimizdagi bir qator ommaviy axborot vositalarida, jumladan, “Tong yulduzi” gazetasida, Özbekiston radiosida, Çölpon, Ğafur Ğulom nomidagi naşriyotlarda, “Guliston”, “Şarq yulduzi”, “Yoşlik” jurnallarida turli vazifalarda samarali xizmat qildi.
Katta hayot va ijod tajribasiga ega bölgan Tohir Malik Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida ham birmunça vaqt faoliyat körsatib, milliy adabiyotimizni rivojlantiriş, iste'dodli yoş yozuvçi va şoirlarni qöllab-quvvatlaş böyiça qizğin iş olib bordi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida Davlat mukofotlari qömitasi mas'ul kotibi sifatida ijodkor ziyolilarning mehnatini moddiy va ma'naviy jihatdan rağbatlantirişda iştirok etdi.
Yorqin iste'dod egasi özidan boy va betakror ijodiy meros qoldirdi. Uning Vatanimiz va xalqimizga, azaliy qadriyatlarimizga mehr va sadoqat tuyğulari mahorat bilan tarannum etilgan badiiy asarlari, kinossenariylari, dolzarb mavzulardagi publitsistik maqolalari el-yurtimiz qalbidan çuqur joy oldi.
Tohir Malik özbek adabiyotida badiiy fantastika, sarguzaşt janrlarining rivojiga katta hissa qöşdi. “Ozod inson haqida qöşiq”, “Sönggi öq”, “Şaytanat”, “Mehmon tuyğular”, “Odamiylik mulki” kabi köplab asarlari milliy adabiyotimiz xazinasidan munosib örin egalladi.
Xalqimiz tarixining eng oğir davrlarini badiiy yöl bilan tasvirlaş va jamoatçilikka yetkazişda ham adib ibrat körsatdi. Ayniqsa, uning özbek ma'rifatparvar ziyolilarining murakkab hayoti va faoliyatiga bağişlangan tarixiy asarlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.











