“Shaytanat” qahramonlari ovozlaridan zig‘ir osh reklamasida foydalangan tadbirkor javobgarlikka tortilgani ma'lum qilindi
“Shaytanat” kinoasari muallifining shikoyatiga asosan xaridor va buyurtmachilarni jalb qilish uchun serial qahramonlari ovozlarini montaj qilib, osh reklamasida foydalangan tadbirkor ma'muriy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi xabar berdi.

Videodan kadr
Agentlikning qayd etishicha, qonunchiligimizda kinematografiya asarlariga nisbatan mualliflik huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning huquqlari himoyalangan bo‘lib, ularni poymol qilish qonunga binoan javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi. Jumladan, muallif o‘z asarini har qanday tarzda buzib ko‘rsatilishidan himoya qilish huquqiga egadir. Shuningdek, asarni omma oldida ijro etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanishda asarning o‘ziga, nomiga va muallifning ismi-sharifi ko‘rsatilishiga biron-bir o‘zgartish kiritishga faqat muallifning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Ma'lum bo‘lishicha, B.M. ismli tadbirkor “Shaytanat” kinoasari qahramonlari ovozlarini montaj qilib, o‘z mahsulotini reklama qilish va xaridorlarni jalb qilishni ko‘zlagan. Shu maqsadda videorolik tayyorlatib, Telegram’ga muallif roziligisiz joylashtirgan. Ko‘pchilikning ko‘nglidan joy olgan serial qahramoni ovozi asosida tayyorlangan reklama ta'sirida xaridorlar oqib kela boshlagan. Biroq uddaburon shaxs buning uchun asar muallifidan bir og‘iz bo‘lsa ham ruxsat so‘ramagan.
“Mazkur huquqbuzarlikdan xabar topgandan so‘ng asar muallifi mutlaq mualliflik huquqlari buzilganligi, uning sha'ni va qadr-qimmatiga putur yetkazilganligi hamda ushbu huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan qonunchildikda belgilangan ta'sir-choralarni ko‘rishni so‘rab, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga murojaat etadi.
Agentlikning Intellektual mulk huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish bo‘limi tomonidan bayonnoma tuzilib, tegishli sud instansiyasi tomonidan huquqbuzar kinoasardan qonunga xilof ravishda foydalanganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 1771-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortildi”, deyiladi rasmiy xabarda.
Intellektual mulk agentligi holat bo‘yicha aynan kim shikoyat qilgani, xabar matnida keltirilgan asar muallifi kim ekaniga oydinlik kiritmagan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi
Jamiyat | 18:44
-
O‘zbekiston xorijiy investorlar tomonidan ishonchli hamkor sifatida qabul qilinmoqda – Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston | 18:43
-
Klublar o‘rtasidagi JCh boshlanmoqda: unda kimlar ishtirok etadi?
Sport | 18:11
-
Zelenskiy Ukraina tinchlik uchun qanday murosaga tayyorligini aytdi
Jahon | 18:00
Mavzuga oid

16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda

16:31 / 28.04.2025
Umraga oid reklama qonunchiligini buzganlar jazolandi

23:07 / 17.04.2025
AQSh sudi Googleʼni onlayn reklama bozorida monopolist deb topdi

08:40 / 26.03.2025