Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilmaydi
Foto: EPA
AQSh Shimoliy Koreya to‘liq yadroviysizlanmaguncha unga nisbatan sanksiya rejimini qat'iyan qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda 2 oktabrda AQSh davlat departamenti vakili Xizer Nauert ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, AQShning bunday siyosati bilan Xitoy va Rossiya rozi, biroq bu davlatlar ushbu masalada “yanada ko‘prog‘ini qilishlari mumkin edi”.
“Bu masalani Xitoy, Rossiya, istalgan boshqa davlat bilan muhokama qilish uchun imkoniyat bo‘lgan har gal to‘liq va yakuniy yadroviysizlanishni ko‘rmagunimizcha bu sanksiyalarni saqlab qolish haqida gaplashamiz”, deb aytgan Nauert.
Uning ta'kidlashicha, AQShning siyosati o‘zgarmagan va u Shimoliy Koreyaga maksimal bosim o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Shu bilan birga davlat departamenti vakilining ta'kidlashicha, ikki davlat yetakchilari o‘rtasida yakuniy maqsadga erishishda yordam berishi mumkin bo‘lgan yaxshi munosabatlar o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
11:29
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi ro‘y berdi
08:33 / 07.05.2026
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
08:24 / 07.05.2026
Epshteynning o‘limidan oldingi ehtimoliy xati surati e’lon qilindi
23:45 / 06.05.2026