Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Trampga jo‘natilgan shubhali xat tekshirilmoqda. Pentagon xodimlariga yuborilgan boshqa paketlarda zahar bo‘lgan
Foto: Reuters
AQSh maxfiy xizmati mamlakat prezidenti Donald Trampga yuborilgan shubhali maktubni tekshirmoqda. Bu haqda CBS News telekanali idora rasmiy bayonotiga asosan xabar berdi.
Maktub 1 oktabr, dushanba kuni qabul qilib olingan. Shuningdek, Pentagonning ikki yuqori martabali amaldori uchun ham ikkita paket yuborilgan, unda, taxminlarga ko‘ra, ritsin zahari bo‘lgan, deb xabar qilmoqda CBS. Prezidentga yuborilgan maktubning o‘zi Oq uyga olib kirilmadi, deya xabar berishdi AQSh maxfiy xizmatidan. Idora Trampga mo‘ljallangan maktubda ritsin bo‘lgani yoki bo‘lmaganiga oydinlik kiritmagan. Posilkalar hafta boshida pochta bo‘linmasidan topilgan, deya qayd etiladi materialda.
Bayonotda ta'kidlanishicha, AQSh maxfiy xizmati boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari bilan birga ushbu masala ustida ish olib boryapti. Telekanal xabariga ko‘ra, shubhali posilkalar AQSh Mudofaa vazirligi rahbari Jyeyms Mettis va AQSh harbiy-dengiz kuchlarining harbiy-dengiz operatsiyalari bo‘yicha rahbari admiral Jon Richardsonga ham yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampga shubhali konvert yuborilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:29
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi ro‘y berdi
08:33 / 07.05.2026
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
08:24 / 07.05.2026
Epshteynning o‘limidan oldingi ehtimoliy xati surati e’lon qilindi
23:45 / 06.05.2026