Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni AQSh yordamisiz 2 hafta ham dosh bera olmaydi – Tramp
Saudiya Arabistoni qiroli Salmon Abdulaziz Ol-Saud AQSh ko‘rsatayotgan harbiy yordamsiz 2 hafta ham dosh bera olmaydi. Buni AQSh prezidenti Donald Tramp Missisipi shtatida tarafdorlari oldidagi nutqida aytib o‘tdi.
Tramp o‘z nutqida boshqa davlatlar o‘z hududlarida amerikalik harbiylar borligi uchun sarf-xarajatlarni qoplashlari zarurligini yana bir marta ta'kidlab o‘tgan.
«Saudiya Arabistoni boy, to‘g‘rimi? Menga qirol Salmon yoqadi, biroq unga «Qirol, biz sizni himoyalaymiz, agar biz bo‘lmaganimizda 2 hafta ham dosh berolmasdingiz. Siz qurolli kuchlarimizga haq to‘lashingiz kerak», deb aytdim», deya Trampning so‘zlarini keltirgan The New York Times.
Pentagon saytida ta'kidlanishicha, amerikalik harbiylar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda joylashgan bo‘lib, mahalliy kuchlarni tayyorlash bilangina shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
11:29
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi ro‘y berdi
08:33 / 07.05.2026
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
08:24 / 07.05.2026
Epshteynning o‘limidan oldingi ehtimoliy xati surati e’lon qilindi
23:45 / 06.05.2026