Senatda Milliy huquqni himoya qilish muassasalari Global alyansi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
2018 yil 2 oktabr kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi o‘rinbosari Svetlana Ortiqova hamda Milliy huquqni himoya qilish muassasalari Global alyansining (MHHMGA) Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili salohiyatini o‘rganish bo‘yicha delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda delegatsiya a'zolari Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha ijro etilishi hamda qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida va ma'rifiy sohada parlament nazorati amalga oshirilishi doirasida Ombudsmanning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini himoya qilish borasidagi o‘rni va ahamiyati haqida xabardor etildi.
Global alyans vakillari O‘zbekistondagi Ombudsman institutining noyobligini ta'kidladi, uning salohiyatini oshirish va Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlarga misol sifatida inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatni davom ettirish zarurligini qayd etdi.
MHHMGA Shveytsariyada yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro notijorat tashkilotdir. 2016 yilgacha tashkilot Inson huquqlari bo‘yicha milliy muassasalar xalqaro muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasi deb atalgan, unga 1993 yil Tunisda BMT shafeligida tashkil etilgan xalqaro konferensiya yakunlari bo‘yicha asos solingan edi.
MHHMGAni akkreditatsiyadan o‘tkazish va unga a'zo bo‘lish BMT hujjatlariga muvofiq milliy huquqni himoya qilish muassasasi (MHHM) faoliyatini xalqaro darajada e'tirof etish shakli hisoblanadi.
Alyans maqsadi – BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari vakili bilan milliy huquqni himoya qilish muassasalari hamkorligini mustahkamlash, ularning BMT Parij prinsiplariga muvofiqligini baholash, BMT Inson huquqlari kengashi va shartnoma organlari tadbirlarida hamda majlislarida ishtirok etishga ko‘maklashishdir.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha MHHMGA delegatsiyasi Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.
Mavzuga oid
12:30 / 06.11.2024
AQShda Trampning respublikachilari Senatda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:55 / 24.10.2024
“5 yilda 440 ga yaqin qonun muhokama qilindi” - Senat raisi
13:38 / 23.10.2024
Yerdan foydalanish haqidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
13:04 / 23.10.2024