O‘zbekiston | 22:50 / 03.10.2018
23951
2 daqiqa o‘qiladi

Sentyabrda pastlagan suyultirilgan gaz narxi oktabrda yana oshadimi?

O‘zbekistonga avtobillarga quyiladigan yoqilg‘ilardan faqat suyultirilgan propan gazining bahosi Respublika tovar-xomashyo birjasi savdolari yakuniga qarab belgilanadi.

Yoz faslida respbulikamizning ayrim ASGQShda propan gaz bahosi litriga 3800 so‘mgacha yetib, AI-80 avtobenzinining bahosiga tenglashdi. Biroq, yengil avtomobillar 100 km masofaga o‘lchanganida benzinga nisbatan propan gazini ko‘proq iste'mol qiladi, shu sababdan propan benzindan ham qimmatladi, deyish uchun asos bor edi. Ungacha respublika bo‘ylab propan barqaror ravishda litri 1300–1500 so‘mdan sotilib kelayotgan edi.

Bunga sabab RTXBda propan gazining talabga nisbatan kamroq quyilgani bo‘ldi.

Sentyabr oyida propan gazining bahosi gaz quyish shoxobchalarida pastlay boshladi. Gaz quyish shoxobchalarida uning narxi litriga 2500 so‘mgacha tushdi.

So‘nggi olingan ma'lumotlarga ko‘ra, birjada propan narxi yana ko‘tarila boshlagan.

UZEX Telegram kanali ma'lumotlariga tayansak, masalan, sentabr oyi o‘rtalarida propan gazining 1 kilogrammi bahosi birjada 2400–2700 so‘m o‘rtasida o‘ynab turgan bo‘lsa, 3 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan savdolarda uning bahosi 4000–4700 so‘m orasida bo‘lgan.

Binobarin, keyingi kunlarda suyultirilgan gaz quyish shaxobchalarida propanning narxi oshishi turgan gap.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid