Farğona vodiysi viloyatlaridagi yonilği quyiş şoxobçalarida propan narxi sezilarli darajada qimmatlaşdi. Xususan, ötgan hafta boşida suyultirilgan gaz 5700-6000 söm atrofida sotib kelingan bölsa, hafta oxirlarida narxlar 6400 sömdan 7000 sömgaça kötarilgan. 

«Andijonda «zapravka»ga qarab propan narxi 5700 sömdan boşlanardi. Ötgan hafta çorşanba kunidan boşlab birdan 6700 sömga oşirilib qöyilibdi. Hamma «zapravka»da narx birdan kötarildi», deydi Kun.uz bilan suhbatlaşgan andijonlik haydovçi.

Oxirgi savdo sessiyalarida birjada ham narxlar kötarila boşlagan. Xususan, 4 may kungi savdolarda propanning 1 tonnasi 7 mln 244 ming sömdan sotilgan bölsa, bu 7 mayga  kelib 7 mln 707 ming sömgaça yoki 6,4 foizga oşgan. Birjadagi narxlarning çakana narxlarga qançalik darajada ta’sir qilayotgani noma’lum.

Eslatib ötamiz, 12 yanvardan boşlab Raqobat qömitasining tegişli körsatmasi bilan Respublika tovar xomaşyo birjasida suyultirilgan gaz narxining boşlanğiç narxga nisbatan oşiş çegarasi 20 foizdan 10 foizgaça pasaytirilgandi.