Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki va Yevropa ittifoqining qo‘shma missiyasi a'zolari Senatga borishdi
2018 yil 2 oktabr kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Byudjyet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi M.Jumagaldiyevning Jahon banki va Yevropa ittifoqining qo‘shma missiyasi a'zolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda mamlakatda olib borilayotgan tub iqtisodiy islohotlar byudjyet jarayonini xalqaro mezonlar va standartlar asosida tashkil etishni taqozo etayotgani ta'kidlandi.
Davlat va jamoatchilik uchun moliyaviy hisobot standartlariga (International Public Sector Accounting Standards, IPSAS) ko‘ra mamlakatning davlat va mahalliy darajadagi byudjyet jarayonlari tegishli tuzilmalarga va jamoatchilikka ochiq hamda tushunarli tarzda taqdim etib borilishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining joriy yil 22 avgustdagi “Byudjyet ma'lumotlarining ochiqligini va byudjyet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazkur yo‘nalishda muhim qadam bo‘lib, mamlakatda byudjyet jarayonlari ochiqligi va shaffofligini ta'minlashga xizmat qiladi.
Uchrashuvda qo‘shma missiya a'zolari mamlakatda Davlat byudjyeti parametrlari ijrosi ustidan parlament nazorati hamda qonun hujjatlari nuqtai nazaridan byudjyet auditi nazorati haqida batafsil xabardor etildi.
Ta'kidlanganidek, mamlakatda mazkur yo‘nalishlarda parlament nazoratini amalga oshirishning mustahkam qonunchilik bazasi yaratilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjyetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjyetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga tashqi audit o‘tkazish va baholash uchun har hisobot yilida 5 aprelga qadar yuboradi.
Uchrashuvda ta'kidlab o‘tilganidek, joriy yilda Jahon banki va Yevropa ittifoqining qo‘shma missiyasi davlat xarajatlari va moliyaviy hisobot / PEFA talablari hamda standartlariga muvofiq mamlakatimizdagi moliya va byudjyet intizomini, byudjyet resurslari va moliyaviy xizmatlarni taqsimlash samaradorligini baholaydi hamda o‘z tavsiyalarini taqdim etadi.
Mavzuga oid
18:24 / 08.04.2026
Senat yalpi majlisida shaharsozlik, yo‘l infratuzilmasi va riyeltorlikka oid muhim qonunlar ma’qullandi
22:27 / 07.04.2026
Davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilanadi
21:18 / 07.04.2026
Avtomobil yo‘llarida sun’iy to‘siq va notekislik yaratish taqiqlanishi mumkin
18:28 / 07.04.2026