Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda 2009 yilda bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik topildi
Foto: Tengrinews
Olmaotadagi Bosh konsullik tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida O‘zbekiston fuqarosi N.X.Soipov (1990 yil 3 sentabrda tug‘ilgan) aniqlandi, u o‘z qarindoshlari tomonidan 2009 yildan buyon qidirilayotgandi, deya xabar beradi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.
«Diplomatik vakolatxona so‘roviga binoan Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tezkor-qidiruv tadbirlarini tashkil etdi, bu esa N.Soipovning qayerdaligini aniqlash imkonini berdi. Unga zarur psixologik yordam ko‘rsatildi va vataniga qaytib ketish uchun sertifikat topshirildi», - deyiladi Tashqi ishlar vazirligi xabarida.
Ta'kidlanishicha, ayni paytda u O‘zbekistonga qarindoshlari bilan qaytib kelmoqda.
Mavzuga oid
12:53 / 08.12.2025
Toshkentda qidiruvdagi shaxs YPX reydi davomida aniqlandi
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025