202 mingta yondirgichning noqonuniy aylanmasiga bojxonachilar tomonidan chek qo‘yildi
Namangan viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar xodimlari bilan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida katta partiyadagi yondirgichning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilmoqda.
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi chegara oldi hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro U.X boshqaruvidagi «Gaz-52» rusumli yuk avtomashinasi tezkor kuzatuvga olindi.
Ushbu yuk mashinasidagi yuklar «Nanay – Namangan» yo‘nalishida, yo‘l chetida to‘xtab turgan fuqaro G‘.T. boshqaruvidagi «HYUNDAI PORTER» rusumli avtomashinasiga qayta yuklanayotgan vaqtda to‘xtatib qolindi.
Mazkur avtomashinalar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, «GAZ-52» rusumli yuk avtomashinasidan «HYUNDAI PORTER» rusumli avtomashinaga hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, muqaddam qo‘shni davlatdan mamlakatimizga noqonuniy ravishda olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 303 million so‘mlik 202 ming dona yondirgichlar ortilayotganligi ma'lum bo‘ldi.
Surishtiruv natijasida ushbu tovarlar fuqaro X.A.ga tegishli ekanligi hamda bu tovarlarni fuqaro M.E.ga yetkazib berish rejalashtirilganligi ma'lum bo‘ldi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
16:02 / 26.04.2022
Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
21:04 / 10.04.2022
Toshkentda qalbaki 6900 dollarni sotmoqchi bo‘lgan guruh qo‘lga olindi
20:37 / 18.11.2021
Akmalxo‘ja Mavlonov rasman Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi
15:59 / 18.11.2021