O‘zbekiston | 16:01 / 05.10.2018
11906
1 daqiqa o‘qiladi

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tarkibi kengaytirildi

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi, deb yozmoqda Adliya vazirligi kanali.

Qarorga muvofiq, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tarkibida quyidagilar tashkil etildi: 

• Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi; 
• Sanitar tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasi;
• Ekologik axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va multimediya markazi.

Qaror bilan ularning asosiy vazifalari va yo‘nalishlari belgilab berildi.  

Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarini mustahkamlash va ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha tuman (shahar) inspeksiyalarini qo‘shimcha ta'minlash maqsadida uning tizimiga 404 shtat birligi kiritildi.

Mavzuga oid