Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziyada o‘smirni qutqarish vaqtida 6 g‘avvos halok bo‘ldi
Malayziya qutqaruv xizmatining 6 xodimi do‘stlari bilan baliq ovlash vaqtida suv havzasiga tushib ketgan 17 yoshli o‘smirni qutqarish vaqtida cho‘kib ketdi.
Qutqaruvchilar qutqaruv operatsiyasi vaqtida girdobga tushib qolishgan va moslamalarining katta qismini yo‘qotishgan. Oqibatda ular ortga suzib chiqa olishmagan, o‘smir ham topilmagan.

Mahalliy politsiya boshlig‘ining aytishicha, barcha g‘avvoslar o‘smirni izlash vaqtida xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilishgan. Ularda sho‘ng‘ish uchun moslamalar bor bo‘lgan. Bundan tashqari, ular bir-birlari bilan zanjir bo‘lib bog‘lanishgan bo‘lgan.
Suv havzasidagi girdob kuchli yomg‘ir sababli hosil bo‘lgan. Kuchli oqim qutqaruvchilarni girdobga tortgan. Erkaklar suvda yarim soatdan ko‘proq qolib ketishgan. G‘avvoslarning hamkasblari ularni topishga muvaffaq bo‘lgan, ammo ularni jonlantirishning iloji bo‘lmagan.
Mavzuga oid
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026
Malayziya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqladi
08:18 / 05.05.2026
Ziroat Mirziyoyeva Malayziya qirolichasi bilan uchrashdi
12:54 / 02.04.2026