Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Po‘lat Bobojonov Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston ichki ishlar vazirlari birinchi yig‘ilishida qatnashdi
Qirg‘iziston Respublikasining Cho‘lponota shahrida Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikalari ichki ishlar vazirlarining Birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonov qatnashdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, yig‘ilishda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikning takomillashtirish mexanizmlari, respublikalarning chegara hududlarida jamoat tartibi va xavfsizlikni ta'minlashda ichki ishlar organlarining o‘zaro hamkorligi muhokama qilingan.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali sun'iy narkotik va psixofaol moddalarning tarqatilishiga qarshi kurashish, ekstremizm va terrorizmni moliyalashtirishda pul mablag‘larini elektron hamda internet tarmoqlari orqali hisobga o‘tkazishga qarshi olib borilgan ishlar yuzasidan tajriba almashdilar, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:34 / 01.07.2026
Qirg‘iziston 650 kg kolbasa mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yubordi
20:14 / 29.06.2026
Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanayotganlarga 9 yillik qamoq jazosi so‘raldi
10:14 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlarni o‘zaro almashdi
18:20 / 23.06.2026