«Toshshahartransxizmat»: qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlandi
Shahar avtobus transportini sifatsiz xizmatining sabablari bo‘lgan tizimli kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida «Toshshahartransxizmat» AJ choralar majmui ishlab chiqdi.
«Toshshahartransxizmat» boshqaruvi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida qator avtosaroylar rahbarlari, avtobuslar texnik holati, ularga texnik xizmati ko‘rsatish, GPS-monitoring va haydovchilar bilan ikki tomonlama aloqa uchun mas'ul mutasaddilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan qo‘pol buzilishlar, shu jumladan yo‘l haqi olishdagi qoidabuzarliklar aniqlandi. Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi, deyiladi kompaniya xabarida.
Ma'lum qilinishicha, hozirgi paytga qadar ruxsatsiz o‘chirilgan GPS-monitoring va haydovchi bilan ikki tomonlama bevosita muloqot tizimlari tiklangan. Avtobus saroylari rahbarlari, bosh mexaniklari va avtobuslarni texnik holati uchun mas'ul servis xizmatlari rahbarlariga va haydovchilarga avtobuslarni yo‘nalish paytidagi yong‘inlari uchun moddiy javobgarlik yuklatilgan. GPS jihozlariga ruxsatsiz tegish yoki o‘zgartirishlar kiritish jarayonlari aniqlangan taqdirda qat'iy chora ishdan bo‘shatish, yoki aniqlangan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni mutasaddi tashkilotlarga taqdim etish hamda ular tomonidan qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.
Joriy yilning 28 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘tkazilgan transport masalalariga bag‘ishlangan majlisda berilgan topshiriqlarni ijrosini ta'minlash maqsadida, «Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan quyidagi choralar ko‘rilmoqda:
Birinchi: vaziyatni tahlil qilish va kompaniyani rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish maqsadida Janubiy Koreyaning kompaniyalaridan birini jalb qilish ishlari boshlangan.
Ikkinchi: avtosaroylardan birini xorijiy kompaniyaga boshqaruvni berish ustida ishlar olib borilmoqda.
Uchinchi: yo‘l haqini to‘lashni avtomatik tizimga o‘tkazishni tezlatish va tizimni 2018 yilning oxiriga qadar ishlarni boshlash rejalashtirilgan.
To‘rtinchi: GPS tizimining sun'iy ravishda o‘chirib qo‘yilgan barcha funksiyalari tiklash va amaldagi tizimga yangi funksiyalar kiritish.
“Yo‘lovchilarning asosiy e'tirozlari avtobuslarni kutish vaqti, qatnov jadvali buzilishi va tezlik qoidalarini buzishlari bilan bog‘liq. Shu sababli, hozirgi kunda biz barcha nazorat va boshqaruv jarayonlarini axborot tizimlari orqali amalga oshirish choralarini ko‘ryapmiz. Bu choralar, noqonuniy til biriktirish, o‘g‘irlik va korrupsiyani to‘xtatishiga ishonamiz”, - deydi «Toshshahartransxizmat» AJ boshqaruvi raisi Mohir Valiyev.
«Toshshahartransxizmat» AJ yuridik xizmati tomonidan shaxsiy ish shartnomalari joriy etiladi. Ularda moddiy javobgarlik, rag‘batlantirish va jazolash yangi tizimi ko‘zda tutilgan. GPS-trekerlar, ikki tomonlama aloqa, yoqilg‘i nazorat qiluvchi jihozlar sun'iy ravishda buzgan xodim, kim bo‘lishidan qat'iy nazar ishdan bo‘shatiladi, deyiladi xabarda.
«Toshshahartransxizmat» AJ da mas'ul xodimlardan iborat komissiya tuzildi. Komissiyaning asosiy vazifasi sifatida avtosaroylar holatini bilib borish, ularning ish jarayonlarini tekshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilib, takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.
«Toshshahartransxizmat» AJ boshqaruvi tomonidan yo‘lovchilarga avtobus xizmatini ko‘rsatishni yangi usullarini tatbiq qilish va boshqarish oid masalalar yuzasidan, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlamoqda.
Mavzuga oid
23:59 / 16.08.2024
Toshkentda avtobuslar tezligi 50 km/soatgacha cheklanadi
07:56 / 19.07.2024
Toshkentda «G‘alabaning 40 yilligi» avtobus bekati qulab tushdi
16:31 / 09.04.2024
Toshkentda yo‘lovchining qo‘lini qisib qolgan holda harakatlangan avtobus haydovchisi ishdan ketdi
19:49 / 26.02.2024