O‘zbekiston | 21:33 / 06.10.2018
13634
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda harbiylar yangi uslubda maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishdi 

Markaziy harbiy okrugiga qarashli dala o‘quv maydonlaridan birida yangi turdagi maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Ta'kidlanishicha, Jizzax viloyatida o‘tkazilgan ushbu mashg‘ulotlarda harbiy xizmatchilar yangicha yondashuv asosida ilgarigi taktika standartlaridan uzoqlashgan holda nishonlarni yakson qilishdi.

“Bu turdagi mashqlar harbiy xizmatchilarga turli murakkab vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish va harakatlanishda qo‘l kelishi ta'kidlanmoqda”, deyiladi xabarda.

Vazirlik matbuot xizmati xabarida aytilishicha, shuningdek, murakkab jarayonlardan hisoblanuvchi g‘avvoslik amallari ham bajarildi. Harbiylar kerakli asbob-anjom va qurollar yordamida suv ostida harakatlanib, qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli uddaladi.

Noqonuniy shartli terrorchilar guruhini qo‘lga olish amaliyotida bino ichiga yashiringan terrorchilar guruhiga qo‘qqisdan hujum qilinib, xavf-xatar to‘liq bartaraf etildi.

Mavzuga oid