AQSh va Xitoy iqtisodiyoti ajralishi taxmin qilinmoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh va Xitoy iqtisodiyotini "deglobalizatsiyalash"ga harakat qilmoqda. Jahon savdo tashkiloti (JST)ni 2005 yildan 2013 yilgacha boshqargan Paskal Lami shunday fikrda.
Tramp AQSh savdo taqchilligini kamaytirish maqsadida yil boshidan Xitoy tovarlariga yig‘imlar kiritdi, deya ma'lum qiladi CNBC. Bunday iqtisodiy siyosat Xitoy tovarlari jozibasini kamaytirishi mumkin, zero kiritilgan tariflardan keyin narxlar ko‘tariladi, deya izoh beradi telekanal. Amerika kiritgan yig‘imlar Pekin tomonidan javob choralari ko‘rilishiga olib keldi - AQSh tovarlariga nisbatan ham yig‘imlar joriy qilindi.
JST sobiq rahbari Paskal Lamining fikricha, savdo urushi dunyoning eng yirik ikki iqtisodiyotining o‘zaro bog‘liqligi va globallashuvini kamaytiradi. Ekspert bu ajralish o‘z ortidan "savdo asoratlari"ni yuzaga keltirishinii taxmin qilmoqda.
"AQSh Xitoyni surib chiqarishga harakat qilmoqda, Donald Trampning nuqtai nazariga ko‘ra, AQSh va Xitoy iqtisodiyoti haddan tashqari bir-biriga bog‘liq hamda ularni bir-biridan ajratish kerak. Bundan maqsad - AQSh va Xitoy deglobalizatsiyasi, uning fikricha, Xitoyning o‘sishini sekinlashtirish uchun bu muhim", - dedi Lami Paskal.
Ekspert Amerika va Xitoy iqtisodiyotlari sekin, lekin to‘g‘ri ajratilishi hamda buning o‘rniga nisbatan bir turli globalizatsiya kelishiga umid bildirmoqda.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024