Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyaning “eng mashhur mahbusi” ochlik e'lon qilgani ma'lum qilindi
Foto: AP Photo / Lionel Cironneau
Matbuot tomonidan Fransiyaning “eng mashhur mahbusi” deb ataluvchi, bosqinchi- retsidivist Reduan Faid ochlik e'lon qildi. Bu haqda Figaro nashri ma'lum qilmoqda.
Faid o‘tgan hafta qo‘lga olingan. U vyortolyot yordamida qamoqdan qochgandan keyin 3 oy qochoqlikda yurgan.
Mahbus ochlik e'lon qilishi haqida uning ishi bilan shug‘ullanayotgan tergovchini yozma ravishda ogohlantirgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Faid unga yashirinishda yordam bergan tanishlari va birga yashagan ayoli ushlanganiga norozilik sifatida ochlik e'lon qilgan.
Mahbus saqlanayotgan turma rahbariyati uning o‘ziga ziyon yetkazib qo‘ymasligi uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rgan. Ma'lum qilinishicha, Faid yuqori xavfsizlik rejimi amal qiladigan bir kishilik kamerada kishanlangan holda saqlanmoqda.
Faid Parij yaqinidagi turmadan 1 iyulda qochishga muvaffaq bo‘lgan. U turmani Belgiyada ro‘yxatdan o‘tgan vertolyotda tark etgan. Keyinchalik vertolyot Parij yaqinidagi boshqa hududda yonib ketgan holda topilgan.
5 yil avval ham Faid turmadan qocha olgan. O‘shanda u turma devorini portlatib, bir necha qo‘riqchini garovga olishga muvaffaq bo‘lgan.
Mavzuga oid
16:03 / 14.02.2026
“Nils” dovuli sabab Yevropa janubida uch kishi halok bo‘ldi
16:12 / 10.02.2026
Mudofaa tizimi, qiruvchilar va raketalar: Kiyev–Parij hamkorligi kuchayadi
19:27 / 09.02.2026
Fransiyadagi qotillik: politsiya tepkini egizaklardan qaysi biri bosganini topolmayapti
21:21 / 08.02.2026