Kim Chen In Rim papasini KXDRga taklif qildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rim papasi Frantsiskni KXDRga tashrif bilan kelishga taklif qildi, deya xabar beradi Ryonxap.
Taklif borasidagi batafsil tafsilotlarga aniqlik kiritilmayapti.
Avvalroq, AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo va KXDR yetakchisi Kim Chen In o‘zaro uchrashuv o‘tkazib, bir qator ikki tomonlama masalalarni muhokama qilgani ma'lum bo‘lgandi. Shuningdek, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe KXDR rahbari Kim Chen In bilan uchrashish niyatida ekanini bildirdi.
O‘z navbatida, Rossiya davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kim Chen Inning Rossiyaga safari oldidan tayyorgarlik ishlari olib borilayotganini tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo KXDRda qurollangan tansoqchisi va tarjimonidan mahrum qilingani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:22 / 12.11.2024
Shimoliy Koreyadan qochganlar RFdagi KXDR kuchlari orasida dezertirlikka erishmoqchi
10:41 / 12.11.2024
KXDR Rossiya bilan hamkorlik shartnomasini ratifikatsiya qildi
20:11 / 10.11.2024
Rossiya Kursk oblastiga hujum uchun 50 ming kishilik qo‘shin to‘pladi - NYT
18:54 / 09.11.2024