AQŞ prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida Rim papasi Lev XIVni tanqid qilib, uni «jinoyatçilikka qarşi kuraş masalasida böşang» va «taşqi siyosatda ayançli» deb atagan.

«Men Eron yadro quroliga ega bölişini normal deb hisoblaydigan Rim papasini xohlamayman. Men Amerikaning AQŞga ulkan miqdorda giyohvandlik moddalari yuboradigan Venesuelaga hujum qilişini qoralaydigan Rim papasini xohlamayman. <…> Va men AQŞ prezidentini öz işini qilayotgani uçun tanqid qiladigan Rim papasini xohlamayman», – degan Tramp. 

Uning fikriça, Lev XIV «faqatgina amerikalik bölgani» va katolik çerkov buni «prezident Donald Tramp bilan muloqot örnatişning eng yaxşi yöli» deb bilgani uçungina Rim papasi etib saylangan. 

«Agar men Oq uyda bölmaganimda, Lev ham Vatikanda bölmasdi», – deya yozgan Tramp va Rim papasi «soğlom aqlga tayanişi, radikal söllarga xuşomad qilişni töxtatişi hamda e’tiborini Siyosatçi emas, Buyuk Papa bölişga qaratişi» lozimligini qöşimça qilgan.

2026 yil yanvarida Rim papasi Lev XIV Vatikandagi diplomatik korpusga an’anaviy murojaat bilan çiqqan, unda, xususan, «muloqotni rağbatlantiradigan va barça tomonlar örtasida konsensusga erişişga intiladigan diplomatiyani kuçga asoslangan diplomatiya siqib çiqarayotgani»ni ta’kidlagandi. Şuningdek, u qoçqinlar, muhojirlar va mahbuslarning huquqlari va ajralmas insoniy qadr-qimmatini hurmat qilişga çaqirgandi.

Köp ötmay, AQŞ Mudofaa vazirining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Elbrij Kolbi AQŞdagi papa nunsiyasi (elçisi) kardinal Kristof Perni Pentagonga taklif qiladi. OAV ma’lumotiga köra, u va vazirlikning boşqa amaldorlari kardinalga «va’z öqigan», Rim papasining Tramp siyosatiga qarşi har bir hujumiga norozilik bildirilgan.

Rim papasi Yaqin Şarqdagi uruş haqida şunday degan: «Men barça manfaatdor mamlakatlarning fuqarolarini hokimiyat vakillari, siyosiy yetakçilar va kongressmenlar bilan boğlanib, ularga tinçlik yölida işlaş va uruşni doim rad etişni aytişga çaqirgan bölardim».

Papaning javobi va Trampning öziga qarşi tanqidlar

Rim papasi AQŞ prezidentining öz manziliga qaratilgan oxirgi sözlarini muhokama qilmoqçi emasligini aytdi.

«Men Tramp ma’muriyatidan qörqmayman va Injil xabarini baland ovozlarda e’lon qilişdan qörqmayman, çunki men aynan şu maqsadda bu yerdaman, çerkov aynan şu maqsadda mavjud. Biz siyosatçi emasmiz, taşqi siyosatga u [Donald Tramp] tuşunadigan nuqtayi nazardan yondaşmaymiz», – degan Lev XIV jurnalistlarga Jazoirga uçayotgan samolyot bortida turib.