Jahon | 15:47 / 08.10.2018
15626
3 daqiqa o‘qiladi

Pompeo bo‘yicha yangi tafsilotlar: u KXDRda qurollangan tansoqchisi va tarjimonidan mahrum qilingan

Foto: AFP

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuvga o‘z tarjimonini olib borish taqiqlangan. Bu haqda Bloomberg vaziyatdan xabardor jurnalistga tayangan holda yozmoqda.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Pxenyanga yetib kelgan davlat kotibini KXDR Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kim Yon Chxol kutib oldi. U Pompeoga Shimoliy Koreya rahbari bilan uchrashuvga faqat uch kishini olib borishi mumkinligini bildirgan. Shu bilan birga, diplomatning shaxsiy tarjimonini muzokaralarga kiritishdan bosh tortishgan, tansoqchidan esa qurolni topshirish talab qilingan.

Bunga javoban, davlat kotibi vaziyatni yumshatishga urinib ko‘rdi va hazil qildi, shuningdek, tansoqchiga oid talablar borasida tushunmaganini aytgan. Bloomberg’ning ta'kidlashicha, ziddiyatli holat shuni ko‘rsatdiki, Shimoliy Koreya hukumati tomonidan eng kichik yon bosishga erishish ham ancha qiyin bo‘ladi.

Hammasi bo‘lib, Pompeo Kim Chen In bilan 3,5 soat o‘tkazgan: avvaliga muzokaralarda, keyin tushlikda, deb xabar qiladi The Washington Post. Natijalarga ko‘ra, KXDR yetakchisi o‘tkazilgan muzokaralarni maqtab, ularni samarali va yaxshi, deb atadi. Shuningdek, u AQSh prezidenti Donald Trampga qilgan sa'y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirib, inspektorlarni buzib tashlangan Pxungeri yadro poligoniga kelishga taklif qildi.

Pxenyanga qilgan tashrifidan so‘ng, Pompeo Koreya yarim orolini yadrosizlashtirishga oid kelishuvga erishish bo‘yicha olg‘a siljish qayd etilganini bildirdi. «Biz Singapur uchrashuvida erishilgan kelishuvlar ustida ishlashni davom ettirmoqdamiz. Menga va AQSh Departamentidan bo‘lgan mening jamoamni yaxshi kutib olishgani uchun rahmat», - deya yozgan u.

Pxenyanga safar Pompeo uchun safar to‘rtinchisi bo‘ldi. U birinchi marta KXDRga 2018 yil aprel oyida, Markaziy razvedka boshqarmasi boshlig‘i sifatida tashrif buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya prezidenti KXDR yetakchisining rejalarini oshkor qilgandi. 

Mavzuga oid