Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Istanbuldagi konsulligining tintuv qilinishiga ruxsat berdi
Turkiya tashqi ishlar vazirligi vakili Xami Aqsoy Anqara saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi yo‘qolib qolgan, Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligida tegishli tergov harakatlarini olib borish uchun Ar-Riyodning ruxsatini olganini ma'lum qildi.
Aksoyning aytishicha, Ar-Riyod jurnalistni oxirgi marta ko‘rishgan konsullik binosini ko‘zdan kechirishga ruxsat bergan.
“Vena konvensiyasiga ko‘ra, konsullik binolari daxlsizligi mavjud bo‘lsa-da, Saudiya Arabistoni diplomatik missiyasi rahbari roziligi bilan konsullik hududida Turkiya tomonidan tergov o‘tkazilishi mumkin”, deb aytgan Aksoy.
Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni hukumati jurnalistning yo‘qolishi bo‘yicha hamkorlik qilishga va konsullik binosida tergov o‘tkazilishiga tayyorligini bildirgan.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026