13:40 / 10.10.2018
4783

O‘rta Osiyo yoshlarining «Xalqaro do‘stlik» forumi boshlandi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Termiz shahridagi «Xalqaro yoshlar oromgohi»da O‘rta Osiyo yoshlarining «Xalqaro do‘stlik» forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur forum O‘rta Osiyo mamlakatlaridan tashrif buyurgan yoshlarni o‘zbekona urf-odat va karnay-surnay sadolari ostida Termiz Xalqaro aeroportida tantanali kutib olish marosimi bilan boshlandi.

Mehmonlar dastlab O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan Termiz arxeologiya muzeyiga tashrif buyurishdi. Qo‘shni mamlakat yoshlarida qadimiy vohaning boy tarixi, osori-atiqalari, madaniyati, hududga xos urf-odat va an'analari, turli arxeologik obidalari katta qiziqish uyg‘otdi.

Forum ishtirokchilari ikki guruhga bo‘lingan holda muzeydagi ramziy qadimiy davrlarga sayohat qilib, «Esdaliklar» kitobiga o‘z fikr-mulohazalari va dil so‘zlarini qoldirishdi.

Forum doirasida turli konferensiyalar, uchrashuvlar va madaniy dasturlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu forum joriy yilning 14 oktabriga qadar davom etadi.

 

Top