10 iyun kuni Koreya Respublikasida “Özbekiston temir yöllari” AJ boş muhandisi Şarofiddin Qodirov, Transport vazirligi bölim boşliği Anvar Duşayev va Hyundai Rotem kompaniyasi prezidenti Li Yong Baye örtasida uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuvda “Özbekiston temir yöllari” AJ uçun işlab çiqarilayotgan “Jaloliddin Manguberdi” yuqori tezlikda harakatlanuvçi elektropoyezdlarini yetkazib beriş loyihasining belgilangan muddatlarda amalga oşirilişi yuzasidan ma’lumot almaşildi.

Şuningdek, Toşkent–Andijon va Toşkent–Termiz yönalişlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar harakatini taşkil etiş maqsadida 8 ta zamonaviy yuqori tezlikda harakatlanuvçi elektropoyezdlarni yetkazib beriş loyihasi yuzasidan texnik şartlarni yakuniy kelişiş bilan boğliq masalalar körib çiqildi.

Vazirlik xabariga köra, uçraşuv yakunida tomonlar qöşma loyihalarni samarali amalga oşiriş böyiça sa’y-harakatlarni davom ettirişga kelişib olgan.

Foto: Transport vazirligi

Poytaxtdan Andijon va Termizga yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovini yölga qöyiş loyihasi haqida iyun oyi boşida transport vaziri Ilhom Mahkamov parlamentdagi çiqişida aytib ötgandi.

“Hozirgi Toşkent–Andijon hamda Toşkent–Termiz yönalişlaridagi temiryöl liniyalarini qayta modernizatsiya qiliş va bu yönalişlarga Hyundai Rotem kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan sakkizta tezyurar elektropoyezdlarni qatnovga yölga qöyiş masalasi körib çiqilmoqda. Toşkent–Andijon va Toşkent–Termiz yönalişlari toğli hududlardan iborat bölgani uçun, perevallardan harakatlanadigan maxsus agregat tarkiblari olib kelinadi”, – degandi vazir.

Eslatib ötamiz, Hyundai Rotem va “Özbekiston temir yöllari” örtasida 2024 yilda imzolangan şartnomaga asosan, koreys kompaniyasi 6 ta “Jaloliddin Manguberdi” poyezdlari (jami 42 ta vagon)ni yetkazib berişi va ularga texnik xizmat körsatişiga kelişilgan. 2026 yilning ötgan davrida bu poyezdlardan ikkitasi keltirilib, Toşkent–Xiva yönalişida sinov tariqasida qatnay boşladi.

Mazkur 6 ta tarkibga doir kelişuvning umumiy qiymati 220,03 mln yevroga baholangan. Buning uçun Koreya Eksimbanki 185,18 mln yevro ekvivalentidagi qarz mablağini koreya vonida 40 yil muddatga, şu jumladan 10 yillik imtiyozli davr bilan ajratişiga kelişilgan.