AQSh yangi dovuldan 30 mlrd dollar ziyon ko‘rishi mumkin
Hozirda AQShning Florida shtati sohillariga yetib kelgan “Maykl” dovuli 30 mlrd dollarlik iqtisodiy ziyon yetkazadi. AccuWeather kompaniyasining bunday prognozi Fox News telekanali saytida berilgan.
Gap, turar-joylar va xo‘jalik inshootlarining kuchli shamolda shikastlanishi haqida bormoqda. Ziyon qiymatini hisoblashda tabiiy ofat sababli biznesning qo‘ldan chiqaradigan daromadi ham hisobga olingan. AccuWeather prezidentining aytishicha, shamol oqibatida daraxatlar ag‘anaydi, bu esa elektr uzatish liniyalari uzilishiga olib kelishi mumkin. Elektr energiyani uzatishni tiklashga bir necha hafta talab etilishi mumkin.
Mutaxassislarning baholashicha, “Maykl” sentabrda kuzatilgan “Florens” dovulidan kamroq darajada vayronkor bo‘ladi. Moody's Analytics tahliliy agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, “Florens”dan 38 mlrd dollardan 50 mlrd dollargacha ziyon ko‘rilgan.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat hududidagi shamol tezligi 240 km/soatni tashkil qilmoqda. Dovulga oxirgidan bitta oldingi 4-daraja berilgan. Dovul sababli Florida, Alabama va Jorjiya shtatlarida favqulodda vaziyat tartibi kiritilgan.
Jorjiya gubernatori Neytan Dilning ma'lum qilishicha, milliy gvardiyaning 1,5 mingga yaqin jangchisi qutqaruv va tiklash ishlariga shay holatga keltirilgan.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024