AQSh qonun chiqaruvchilari IT-gigantlarni «tiyib qo‘yishga» chaqirishdi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Demokratik va Respublika partiyalarining qonun chiqaruvchilari Senatdagi majlisda foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotlari sizib chiqishi oqibatida yuzaga kelgan bir necha mojarolardan keyin texnologiya gigantlariga nisbatan qonunchilikni kuchaytirish choralarini muhokama qildilar. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi yozmoqda.
Eshituvlar ishtirokchilarining xulosasiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar millionlab foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlariga ega bo‘lgan eng yirik IT-kompaniyalarni «tiyib qo‘yishga» harakat qilishi kerak.
Bu yil boshida Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilar ma'lumoti sizib chiqishi oqibatida yuz bergan eng katta inqirozga duch keldi. Dushanba, 8 oktabr kuni, 2015-2018 yillarda dasturiy ta'minotdagi nosozlik sababli Google+ ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarining shaxsiy ma'lumotlari sizib chiqqani oshkor bo‘ldi.
Kongressning savdo bo‘yicha qo‘mitasi raisi, respublikachi senator Jon Tyunning ma'lum qilishicha, ma'lumotlar sizib chiqishi bilan bog‘liq so‘nggi mojarolar IT-sanoat o‘zini o‘zi samarali boshqarish imkoniga ega emasligini ko‘rsatdi.
«Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish uchun maxfiylik qoidalari bo‘yicha milliy standartni ishlab chiqish kerak», - deya ta'kidlab o‘tdi Tyun.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, demokratlar va respublikachilar qonun loyihasini yaxshilab ishlab chiqishi kerak. Uning ta'kidlashicha, avval partiyalar vakillari axborot xavfsizligi masalalarida deyarli yon bosishmagan.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024