Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxona xodimiga pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi
Joriy yilning 3 oktabr kuni fuqaro A.N. 6 tonna rangli metallarning noqonuniy aylanmasi bilan shug‘ullanganligi sababli uning noqonuniy harakatlari bojxonachilar tomonidan fosh etiladi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasining Axborot xizmati xabar bermoqda.
Bunday vaziyatda A.N.ni og‘ir vaziyatdan qutqarib qolish, unga nisbatan to‘plangan hujjatlarni moddiy manfaat evaziga ijobiy hal qilib berish maqsadida T.I. ismli shaxs bojxona xodimiga pora taklif qilgan.
U o‘zining qing‘ir rejasini amalga oshirish maqsadida bojxonachini Namangan shahridagi “Zohidabonu” oshxonasiga taklif etadi.
T.I. ziyofat bahonasida bojxona xodimiga 500 AQSh dollari miqdorida pora berayotgan chog‘da bojxona organlarining mas'ul xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xuzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Namangan viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
21:24 / 27.06.2026
Namanganda 381 ming dollarga 50 sotix yerni rasmiylashtirib berishni va’da qilganlar ushlandi
08:33 / 25.06.2026
Elektr ta’minoti korxonalari muhandislari pora olayotganda ushlandi
18:32 / 23.06.2026
Katta poraxo‘rlar muddatining oxirigacha “o‘tiradi”
09:20 / 20.06.2026