Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyalik ikki hafta davomida o‘zini shifokor sifatida ko‘rsatib keldi
Foto: Fotolia / Andy Dean
Fransiyaning Bordo shahridagi kasalxonada erkak kishi kamida ikki hafta davomida o‘zini shifokor qilib ko‘rsatdi, so‘ng uni politsiyachilar qo‘lga olishdi. Bu haqda France 3 telekanali xabar bermoqda.
Ismi oshkor etilmayotgan, yoshi taxminan 50da bo‘lgan fransuz shifokorning kiyimi va stetoskopni o‘g‘irlagan hamda kamida ikki hafta davomida Pellegrin kasalxonasida o‘zini shifokor sifatida ko‘rsatgan. «Hamkasblari» unga savollar berishganida, u boshqa bo‘limdan kelganini aytgan.
«Oxir-oqibat u shifoxona xavfsizlik xizmati tomonidan payqaldi, ushlandi va hibsga olindi», - deya ta'kidlaydi telekanal.
Politsiyadagi so‘roq davomida qo‘lga olingan shaxs o‘z aybini tan olib, «e'tirofga» muhtoj bo‘lganini bildirdi. France Bleu radiostansiyasi xabariga ko‘ra, u, shuningdek, butun hayoti davomida tibbiyot xodimi bo‘lishni orzu qilgani haqida gapirgan.
«Shifokor» ish olib borgan bemorlarni aniqlashning iloji bo‘lmadi. Hozirgi vaqtda u qamoqdan chiqarildi, biroq oldinda ish yuzasidan sud jarayoni kutib turibdi.
Mavzuga oid
16:03 / 14.02.2026
“Nils” dovuli sabab Yevropa janubida uch kishi halok bo‘ldi
16:12 / 10.02.2026
Mudofaa tizimi, qiruvchilar va raketalar: Kiyev–Parij hamkorligi kuchayadi
19:27 / 09.02.2026
Fransiyadagi qotillik: politsiya tepkini egizaklardan qaysi biri bosganini topolmayapti
21:21 / 08.02.2026