Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sayyohlar talqini bo‘yicha dunyoning eng yaxshi muzeylari ma'lum qilindi
Orse muzeyi/Foto: Wikipedia.org
Aksariyat sayyohlarning fikricha, dunyoning eng yaxshi muzeyi Parijdagi Orse muzeyi hisoblanadi. Bu haqda TripAdvisor ma'lum qildi.
Ushbu muzey bir yil ichida 2 pog‘onaga ko‘tarilib, Nyu-Yorkdagi Metropoliten va 2001 yil 11 sentabrdagi terakt qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan Milliy memorial va xotira muzeyini ortda qoldirgan.
4-o‘rinni Londondagi Britaniya muzeyi, 5-o‘rinni Madriddagi Prado muzeyi egallagan.
Yetakchi o‘ntalikka Afinadagi Akropol, Parijdagi Luvr, Yangi Orleandagi Ikkinchi jahon urushi, Mexikodagi antropologiya va Vetnamdagi urush qurbonlari muzeylari kirgan.
Orse muzeyi tasviriy san'at muzeyi bo‘lib, Parijdagi sobiq temir yo‘l va unga yondosh mehmonxona binolarida joylashgan.
Mavzuga oid
15:32 / 09.04.2026
Prezident yangilangan Temuriylar tarixi davlat muzeyini borib ko‘rdi
08:56 / 30.03.2026
Italiyadagi muzeyda yirik o‘g‘irlik: uch shoh asar yo‘qoldi
15:26 / 04.03.2026
Toshkentdagi yangi muzey majmuasi BBC’ning eng muhim loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
07:30 / 03.11.2025