Jahon | 07:30 / 03.11.2025
4969
2 daqiqa o‘qiladi

Misrda bir sivilizatsiya tarixi uchun bag‘ishlangan dunyodagi eng yirik muzey qurildi

Dublindagi Heneghan Peng Architecs me’moriy byurosi Gizadagi Buyuk Misr muzeyi (Great Egyptian Museum) qurilishi yakuniga yetganini e’lon qildi - loyiha ilk bor e’lon qilinganidan keyin o‘tgan o‘ttiz yildan ko‘proq vaqtdan so‘ng.

Foto: Grand Egyptian Museum

Giza piramidalari yaqinida, 50 000 m² maydonda joylashgan ushbu ulkan muzey fir’avnlar davriga oid 100 000 dan ortiq artefaktni birlashtiradi, ularning aksariyati ommaga hech qachon namoyish etilmagan edi.

Binoning umumiy maydoni 81 000 m² ni tashkil qiladi. Arxitektorlar ta’rificha, bu — «birgina sivilizatsiyaga bag‘ishlangan dunyodagi eng yirik muzey».

Giza muzeyi nomlari bilan ham tanilgan loyiha bo‘yicha ishlar 1992 yilda boshlangan — prezident Husni Muborak topshirig‘i bilan piramidalardan taxminan ikki kilometr uzoqlikda yer ajratilgan.

2003 yilda Heneghan Peng Architecs muzey loyihasi bo‘yicha xalqaro tanlovda g‘olib chiqdi. Muhandislik ishlarini Britaniyaning Arup va Buro Happold kompaniyalari bajardi. Qurilish 2012 yilda boshlangan.

Avvaliga ochilish 2018 yilga mo‘ljallangan edi, ammo siyosiy va iqtisodiy qiyinchiliklar, shuningdek COVID-19 pandemiyasi tufayli muddatlar bir necha bor ko‘chirildi. 2024 yilda qisman ish boshlagan muzey 2025 yil 1 noyabr kuni to‘liq ravishda tashrif buyuruvchilar uchun eshiklarini ochadi.

Mavzuga oid