Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent xalqaro aeroportida qo‘l telefonlarini noqonuniy olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan “Toshkent” xalqaro aeroporti orqali tovar moddiy boyliklarini noqonuniy olib o‘tish holatlarining oldini olish hamda aniqlash borasida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, “Seul-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqarolar Z.R., X.K., G.Q. va H.K.lar bojxona qonunbuzilish holatini sodir etishdi. Ularning qo‘l yuki va bagajlari bojxona xodimlari tomonidan belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, qonunbuzarlarning qo‘l yuki va bagajlarida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, bojxona nazoratidan yashirilgan turli xildagi uyali aloqa vositalari, xususan, Z.R.da 33 dona, X.K.da 58 dona, G.Q.da 98 dona va X.K.da 28 donadan qo‘l telefonlari borligi aniqlanib, jami 217 dona uyali aloqa vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qolindi.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha dastlabki tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026