Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekenergo”da Jahon bankining mutaxassislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
“O‘zbekenergo” AJda Jahon bankining mutaxassislari bilan O‘zbekiston Respublikasi elektr energeya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ishlab chiqarish quvvatlarini kam mablag‘ sarflab kengaytirish rejasi, tariflar bo‘yicha tadqiqotlar, elektroenergetika sektoridagi institutsional islohotlar (sektorni tarkibiy o‘zgartirish) tiklanadigan energetikani rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida elektr energiyaga bo‘lgan o‘sib boruvchi talabni qondirish va energetika balansini diversifikatsiyalash hamda tarmoq barqarorligini ta'minlash bo‘yicha strategik maqsadlarga erishish uchun elektr energiya sektori ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish rejasini belgilash yuzasidan asosiy yo‘nalishlar kelishib olindi:
Shu bilan bir qatorda tariflarni shakllantirish metodologiyasidagi asosiy kamchiliklarni va mazkur metodologiyani takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni belgilash;
O‘zbekiston Respublikasi elektr energiya sektori uchun tarif modelini tayyorlash;
Hukumatning energetika sohasi ishi samaradorligini oshirish, bozor yondashuvlariga o‘tish hamda sektorning samaradorligi va barqarorligini oshirishga qaratilgan elektroenergetika sektorini tarkibiy o‘zgartirish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;
Hukumat siyosiy choralari hamda me'yoriy va institutsional bazani belgilash yo‘li bilan tiklanadigan energiya manbalarini joriy etishni kengaytirish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.
Mavzuga oid
14:25 / 26.12.2025
Prezident: tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash uchun barcha choralar ko‘riladi
20:58 / 13.12.2025
Jahon banki O‘zbekistonda talabalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga 250 mln dollar ajratadi
10:01 / 17.10.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 800 mln dollar ajratadi
15:03 / 15.10.2025