Jamiyat | 15:15 / 13.10.2018
27255
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda YPX xodimlariga jarohat yetkazganlar ushlandi. Ulardan biri ayol kishi

Foto: KUN.UZ

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ma'lum bo‘lishicha, 2018 yilning 12 oktabr kuni viloyat YHXB xodimi leytenant N.X. hamda serjant R.D. O‘zbekiston ko‘chasida xizmat olib borayotganlarida serjant R.D. shu yerda harakatlanib kelayotgan “Zafar” MFYda yashovchi M.I. boshqaruvidagi “Captiva” rusumli avtomashinasini to‘xtatib, avtomashinaning yon tomon oynalariga qora rangli parda o‘rnatganligi sababli haydovchi M.I.ga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirmoqchi bo‘lganida haydovchi va avtomashina yo‘lovchilari X.T., Sh.I. (ayol) hamda F.E. xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatib, ularning yuzi, qo‘li va bo‘yin qismlariga urib tan jarohati yetkazib, serjant R.D.ning cho‘ntagidagi “Samsung” mobil telefoni va haydovchi M.I.ga nisbatan tuzilgan ma'muriy bayonnomani olib, voqea joyidan ketib qolganlar.
 
Natijada xodimlarga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida haydovchi va 3 nafar yo‘lovchi qo‘lga olingan. 

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid