Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Yaqin Sharqda ustunlik qilishga yaqin edi, biroq hozir vaziyat o‘zgargan – Tramp
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron Yaqin Sharqda ustunlik qilishga yaqin bo‘lganini, biroq hozir vaziyat o‘zgarganini aytdi. U bu haqda Kentukki shtatidagi nutqida aytib o‘tgan.
Tramp nutqida Vashingtonning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqqanini eslab o‘tgan. “Prezident lavozimini bajarishga kirishishimdan bir hafta oldin meni bo‘layotgan ishlar bilan tanishtirishgan va Eron bilan bog‘liq masala u butun Yaqin Sharqni qachon o‘z nazorati ostiga olishidan iborat bo‘lgan. Hozir esa ular bu haqda boshqa o‘ylashmayapti”, deb aytgan Tramp.
“Hozirda ularda kichik halokat yuz bermoqda. Ularning ko‘chalarida isyonlar bo‘lmoqda, milliy valyuta qadrsizlanib ketgan. Ular bir kun yonimizga kelib, balki bunga oz qolgandir, “Biz bitim tuzishni istaymiz”, deb aytishadi. Bu normal holatdir, bu yaxshidir”, deb qo‘shimcha qilgan AQSh prezidenti. Uning ta'kidlashicha, bu “AQShning avvalgi ma'muriyati tuzgan bitimga parodiya emas, balki haqiqiy bitim bo‘lishi kerak”.
Tramp may oyida AQSh Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishini e'lon qilgan va Eronga qarshi eski sanksiyalar nafaqat tiklanishi, balki yangilari kiritilishini aytgan. AQShning Eronga qarshi sanksiyalarining birinchi qismi 7 avgustga o‘tar kechasi tiklangan. Qolgan sanksiyalar esa 5 noyabrdan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:16 / 06.05.2026
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
19:21 / 06.05.2026
“Nojo‘ya ta’sirlari haqida yetarlicha ogohlantirishmagan” - AQShda “ozdiruvchi vositalar” ustidan shikoyatlar ko‘paydi
13:58 / 06.05.2026