Jokovich Shanxayda rekord o‘rnatdi
Serbiyalik tennischi Novak Jokovich Shanxayda o‘tkazilgan «Masters» toifasidagi ATP (Professional tennischilar uyushmasi) turnirida (nufuzi bo‘yicha «Katta dubulg‘a»dan keyingi ikkinchi o‘rinda turuvchi turnir) to‘rtinchi marta g‘alaba qozondi.
31 yoshli tennischi finalda (u turnirga ikkinchi raqam ostida saralangandi) xorvatiyalik Born Chorichni (13-raqam) 6:3, 6:4 hisoblarida mag‘lub etdi.
Shu tariqa, Jokovich Shanxayda to‘rtinchi bor g‘alaba qozondi va rekord o‘rnatdi. U Xitoydagi «Masters» turnirida 2012, 2013 va 2015 yillarda ham g‘alaba qozongandi. U endi Shanxayda 2009 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan turnirda g‘olib chiqish bo‘yicha buyuk britaniyalik Endi Marreyni ortda qoldirgan.
Jokovich faoliyati davomida ATP tasnifidagi turnirda 72-marta g‘olib chiqdi. Bu borada serbiyalik tennischidan yaxshiroq natijani shveysariyalik Rojyer Federer (98) va ispaniyalik Rafael Nadal (80) qayd etgan. Shanxayjagi g‘alaba Jokovich uchun «Masters» turnirlaridagi 32-g‘alaba bo‘ldi. Bu boradagi yaxshiroq natijaga faqat Nadal erishgan (33).
Shanxaydagi g‘alaba evaziga Jokovich ATP reytingida Federerdan o‘zib ketib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarilishi mumki. Yangilangan reyting 15 oktabr kuni e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
12:28 / 05.08.2024
Olimpiadaning 9-kuni. Jokovichning ko‘z yoshlari va yuz metrga yugurishda fotofinish
20:50 / 04.08.2024
Parij-2024. Jokovich – ilk marta Olimpiada chempioni
08:38 / 11.09.2023
Jokovich «Katta dubulg‘a» musobaqalarida mutlaq rekordni takrorladi
07:58 / 21.08.2023